Kreativ deganda faqat chiroyli video tushunilmaydi. Kuchli kreativda birinchi gap, muammo, foyda, ishonch dalili, taklif va chaqiriq birga ishlaydi. Mijoz reklama ko'rgan zahoti “bu menga tegishli” deb his qilishi kerak.
Masalan, qurilish loyihasida “uy sotiladi” deyish yetmaydi. Mijoz nimadan qo'rqadi, nimani solishtiradi, qaysi savolga javob izlaydi — kreativ shuni ushlashi kerak. Shunda reklama klik emas, murojaat olib keladi.
GAP. jamoasi target uchun 3-5 ta kreativ burchak tayyorlaydi: muammo orqali ochish, case orqali isbotlash, foyda orqali qiziqtirish, e'tirozni yopish va tezkor taklif berish. Keyin qaysi biri lid olib kelayotganini tahlil qilamiz.
Target reklamani kuchaytirishning eng tez yo'li — bitta kreativga yopishib qolmasdan, bir nechta g'oyani test qilish.