Agar sahifa shunchaki bor bo'lishi uchun yuritilsa, arzonroq variantlar ham topiladi. Lekin sahifa mijozni ishontirishi, savollarga javob berishi, mahsulot qiymatini ko'rsatishi va murojaatga olib kelishi kerak bo'lsa, SMMga strategiya kerak bo'ladi.

Yaxshi SMM odatda kontent reja, rubrikalar, post va stories mavzulari, Reels g'oyalari, vizual yo'nalish, matnlar va oylik hisobotdan iborat. Agar syomka va montaj ham kerak bo'lsa, ish hajmi oshadi. Shuning uchun bitta biznesga mos narx boshqasiga to'g'ri kelmasligi mumkin.

GAP. jamoasida SMM tarifi oyiga 1500$ dan boshlanadi. Bu format sahifasi tartibli yuritilishi, kontent doimiy chiqishi va auditoriya bilan aloqa saqlanishi kerak bo'lgan loyihalar uchun mos.

Eng to'g'ri qaror: avval sahifa, mahsulot va hozirgi kontentni ko'rib chiqish. Keyin qaysi xizmat haqiqatdan kerakligini aytish.