Kontent marketing shu savollarga tizimli javob beradi. Reels, YouTube, post, stories, case, ekspert fikr va reklama kreativlari bitta asosiy gap atrofida ishlaydi: mijoz nega aynan sizga ishonadi?

Oddiy SMMda sahifa yuritiladi. Kontent marketingda esa biznesdagi asosiy taklif, mijoz e'tirozlari, sotuvga yordam beradigan dalillar va formatlar oldindan o'ylanadi. Shuning uchun kontent faqat chiroyli ko'rinmaydi — vazifa bajaradi.

GAP. jamoasi kontent marketingni strategiya, syomka, ssenariy, montaj, matn, YouTube kesimlari, Reels va target uchun kreativlar bilan birga ko'radi. Bitta syomkadan bir nechta format chiqadi va har biri mijozni keyingi qadamga yaqinlashtiradi.

Agar reklama bor, lekin odamlar ishonmayotgan bo'lsa, muammo ko'pincha targetda emas — aytilayotgan gapda bo'ladi.